Biznes markazimizga tashrif buyurishni istaysizmi?
Biz sizga biznesingiz uchun ideal darajada mos keladigan shahrimizdagi maydonlar ijarasi bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishga tayyormiz.
Nima uchun bizni tanlashadi?
Muvaffaqiyat manzili
Regency Tower — bu tijorat ko‘chmas mulkining yuksak cho‘qqisi bo‘lib, biznes gullab-yashnaydigan va ulkan intilishlar ro‘yobga chiqadigan muhitni taqdim etadi.
Mukammal joylashuv
Shahar markazining eng nufuzli ishbilarmonlik hududlaridan birida joylashgan bo‘lib, asosiy transport yo‘nalishlariga qulay qatnovni ta’minlaydi.
Korporativ xavfsizlik
Tunu kun monitoring, biometrik kirish tizimlari hamda maxsus xavfsizlik xizmati xodimlari bilan ta’minlangan zamonaviy ximoya tizimlari.
Netvorking markazi
Bizning dinamik biznes hamjamiyatimizda soha yetakchilari va innovatsion startaplar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ying.
Aqlli bino
Yuqori tezlikdagi aloqa va binoni intellektual boshqarish tizimiga ega ilg‘or texnologik infratuzilma.
Biznesingiz uchun interyer dizayni yechimlari.
Biz sizga biznesingiz xarakterini aks ettiruvchi o‘ziga xos ofis dizaynini yaratish imkoniyatini taklif etamiz.
Faqat sizga kerakli narsalar va hech qanday ortiqchaliklarsiz.
Mahsuldorligingiz, farovonligingiz va muvaffaqiyatingizni qo‘llab-quvvatlash uchun biz har bir qulaylikni sinchiklab o‘ylab chiqdik.
Yuqori tezlikdagi internet
Barqaror va yuqori quvvatli tarmoq ulanishi katta hajmdagi fayllarni bir zumda yuklash, yuqori sifatli videokonferensiyalar o‘tkazish hamda uzilishlarsiz va qulay ishlash imkonini beradi.
Valet-parking xizmati
Avtoturargohdan mustaqil ravishda joy qidirish zaruriyatidan xalos etuvchi xizmat. Siz avtomobilni kirish eshigi oldida qoldirib, kalitlarni xodimga topshirasiz — mutaxassisimiz uni o‘zi turargohga joylashtiradi, qaytishingizda esa avtomobilni yana kirish oldiga yetkazib beradi.
Premium darajadagi kafe
Yuqori sifatli kofe, mualliflik ichimliklari, yangi pishiriqlar va yengil tamaddilarni o‘zida jamlagan shinam maskan. Bu yerda faqat eng sara masalliqlardan foydalaniladi va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish standarti ta’minlanadi.
Resepshn xizmati
Markazlashgan qabul bo‘limi, u yerda professional jamoa mehmonlaringizni munosib kutib oladi, bino bo‘ylab yo‘nalish topishda ko‘maklashadi va kiruvchi xat-xabarlarni tezkorlik bilan qayta ishlaydi.
Konferens-zallar va muzokaralar xonalari
Professional tarzda jihozlangan, transformatsiyalanuvchi zallar va muzokaralar xonalari. Ushbu maydonlar biznes-markaz hududidan chiqmagan holda ham keng ko‘lamli taqdimotlar, ham yopiq uchrashuvlarni o‘tkazish imkonini beradi.
24/7 kirish imkoniyati
Binodan va barcha xizmatlardan istalgan vaqtda, dam olish kunlari va tanaffuslarsiz foydalanish imkoniyati. Bu, ayniqsa, moslashuvchan ish jadvali asosida ishlovchilar uchun juda qulaydir.
Konsyerj xizmati
Sizning shaxsiy yordamchingiz: chiptalar band qilish, taksi chaqirish, kurerlarni qabul qilish va boshqa tashkiliy masalalarda ko‘maklashadi.
Elektromobillar uchun quvvatlash stansiyasi
Avtoturargohdagi maxsus jihozlangan joy bo‘lib, u yerda elektromobil egalari o‘z avtomobillari akkumulyatorlarini xavfsiz va tez quvvatlantirishlari mumkin.
Sizning aloqa ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi hamda boshqa reklama va promo-aksiyalar maqsadida foydalanilmaydi.
Aloqa uchun
+99895 133 66 66 +998 77 770 8888
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 11-uy. "Regency Tower"
«KAPITAL START» MCHJ qurilish va boshqaruv kompaniyasi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 2-uy.